Termiz xalqaro aeroportida amaliy-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-07-28 10:10:00 / Amaliy-taktik o'quv mashg'ulotlar
Surxondaryo viloyatidagi Termiz xalqaro aeroportida havo kemasining favqulodda qo‘nishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish bo‘yicha amaliy-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida shartli yong‘in tezkor bartaraf etilib, yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi hamda hamkor xizmatlarning favqulodda vaziyatlardagi o‘zaro harakatlari sinovdan o‘tkazildi.
O‘quv mashqi yakunida ishtirokchi kuch va vositalarning shayligi baholanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.









