Denov "Baraka Yashil Olami" dehqon bozorida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbir
2026-07-27 10:00:00 / Ogoh bo'ling
Denov tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan "Baraka Yashil Olami" dehqon bozorida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini ta'minlash hamda aholi o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida qutqaruv avtomobili bozor hududi bo‘ylab harakatlantirilib, maxsus ovoz kuchaytirgich orqali fuqarolarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda bunday holatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tavsiyalar yetkazildi.
Shuningdek, qutqaruv texnikasining bozor hududiga erkin kirib-chiqish imkoniyatlari, sun'iy va tabiiy to‘siqlar mavjudligi o‘rganilib, favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda qutqaruv kuch va vositalarining tezkor harakatlanishini ta'minlashga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirildi.






