Korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi
2026-07-24 10:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish, umumharbiy nizom talablariga rioya etish hamda jinoyatchilikning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Sh. Shukurov, Termiz harbiy prokurori, adliya polkovnigi Sh. Mirzayev hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligining mas’ul xodimi ishtirok etdi. Unda boshqarma apparati, shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari va shaxsiy tarkib qatnashdi.
Yig‘ilish davomida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish, xizmat intizomini mustahkamlash, umumharbiy nizom talablariga qat’iy rioya etish, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, harbiy xizmatchi va xodimlarning huquqiy ongi hamda mas’uliyatini yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida tizimda qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xizmat intizomini yanada mustahkamlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.







