Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘quv-amaliy taktik mashq o‘tkazildi
2026-07-23 09:30:00 / Amaliy-taktik o'quv mashg'ulotlar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari, Surxon davlat qo‘riqxonasi mas’ullari hamda volontyorlar hamkorligida Sherobod tumanida joylashgan Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘quv-amaliy taktik mashq tashkil etildi.
Mazkur o‘quv-amaliy mashqdan ko‘zlangan asosiy maqsad qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘rmon va dala yong‘inlari hamda boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularga tezkor va samarali munosabat bildirish, hamkor tashkilotlarning o‘zaro hamjihatlikdagi harakatlarini yanada takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida shartli ravishda yuzaga kelgan yong‘in o‘chog‘ini aniqlash, kuch va vositalarni jalb etish, yong‘inni qisqa muddatda bartaraf etish, hududni nazoratga olish hamda xavfsizlik choralarini ta’minlash bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi. Ishtirokchilar favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi, aloqa va boshqaruv tizimi hamda o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini amalda sinovdan o‘tkazdilar.
Mashg‘ulot yakunida mas’ul rahbarlar tomonidan o‘quv-amaliy taktik mashq ishtirokchilarining harakatlari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda favqulodda vaziyatlarga shaylikni yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.










