Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida yoshlar bilan manzilli ishlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
2026-07-22 14:10:00 / Majlislar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida vazirlik tizimida yoshlar bilan manzilli ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlarida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul etib biriktirilgan xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, har bir yosh bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mas’ullarga yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.





