Qiziriqda "Dolzarb 60 kun" doirasida profilaktik yo‘riqnoma o‘tkazildi
2026-07-19 11:05:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh. Shukurov tomonidan "Dolzarb 60 kun" tadbirlari doirasida Qiziriq tumani Elektr tarmoqlari korxonasida ishchi-xodimlar bilan profilaktik yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Tadbir davomida yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartiblari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, korxonaning favqulodda vaziyatlarga shay holati ko‘zdan kechirilib, mavjud sharoitlar o‘rganildi va mas’ullarga zarur tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.




