Termiz tumanida shaxsiy tarkib bilan psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-07-17 11:00:00 / Majlislar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Termiz tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan stress, depressiya va turli ruhiy zo‘riqishlarning oldini olish, xodimlarning ruhiy barqarorligini mustahkamlash hamda xizmat faoliyatida psixologik tayyorgarligini oshirish maqsadida psixologik trening mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida xodimlarga stressli vaziyatlarda o‘zini boshqarish, ruhiy zo‘riqishlarni kamaytirish, jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish hamda xizmat jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan murakkab holatlarga tayyor turish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati FVB MM va TIB katta ofitseri (harbiy psixolog) katta leytenant A. Turdiyev tomonidan psixologik testlar o‘tkazilib, xodimlarning axloqiy-ruhiy holati, individual psixologik xususiyatlari hamda ruhiy barqarorlik darajasi o‘rganildi.
Mazkur psixologik tadbirlar shaxsiy tarkibning ruhiy holatini mustahkamlash, xizmat samaradorligini oshirish va xodimlarning har qanday vaziyatda vazmin hamda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.







