Yoshlar bilan bir kun
2026-07-03 11:00:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Xondizza” bolalar oromgohida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida favqulodda vaziyatlar xizmatiga oid maxsus texnikalar namoyish etilib, konsert dasturi tashkil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari tushuntirilib, hayot xavfsizligi madaniyatini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi.





