Yoshlar bilan ochiq muloqot va sport musobaqasi o‘tkazildi
2026-06-26 12:00:00 / Majlislar
Oltinsoy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kasbga qiziqishini oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Shundan so‘ng biriktirilgan hamda mahalla yoshlari ishtirokida "Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!" shiori ostida "Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi" musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bahslarda faol va yuqori natija ko‘rsatgan ishtirokchilar medal hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bunday tadbirlar yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda ular o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.








