Rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi
2026-06-24 11:10:00 / Majlislar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Shukurov hamda Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi podpolkovnik R.Begimov ishtirokida Surxondaryo Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumining qutqaruvchilik va o‘t o‘chiruvchilik yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarga qutqaruvchilik kasbining sharafli va mas’uliyatli jihatlari, xizmat intizomi, vatanparvarlik tuyg‘usi hamda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borishning ahamiyati haqida fikr bildirildi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqtirgan savollariga javob berildi.








