Huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari muhokama qilindi
2026-06-25 11:00:00 / Majlislar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida payshanba — Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda Termiz harbiy prokuraturasining mas’ul xodimi ishtirok etib, harbiy xizmatchilar va xodimlar o‘rtasida qonunchilikka rioya etish, xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Yig‘ilish davomida huquqbuzarliklarning oldini olish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda shaxsiy tarkibning huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.




