Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan muhim amaliy tadbir tashkil etildi
2026-06-03 15:35:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan muhim amaliy tadbir tashkil etildi

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan muhim amaliy tadbir tashkil etildi
Jumladan, joriy yilning 3-may kuni Sariosiyo tumanida joylashgan “Bishkek Dushanbe-Termiz” avtomobil yo'lining 1463 kmdagi ko'prikda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashqi aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tasdiqlangan reja asosida tashkil etildi.
O‘quv mashqi davomida favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda xizmatlarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari, kuch va vositalarni tezkor safarbar etish, shuningdek, avariya va yong‘inlarning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.





