Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi
2026-06-01 17:30:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri birinchi oʻrinbosarining 2026-yil 30-maydagi “Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining jangovar tayyorgarligini oshirish va xizmat hujjatlarini tartibga keltirish toʻgʻrisida”gi 191-sonli koʻrsatmasiga asosan, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tarkibidagi barcha qutqaruv qismlari boshliqlari, guruh komandirlari hamda Maxsus qutqaruv otryadlari komandirlari ishtirokida oʻtkazilishi rejalashtirilgan 5 kunlik oʻquv yigʻinining 1-kuni boshlandi.

🚨 Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri birinchi oʻrinbosarining 2026-yil 30-maydagi “Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining jangovar tayyorgarligini oshirish va xizmat hujjatlarini tartibga keltirish toʻgʻrisida”gi 191-sonli koʻrsatmasiga asosan, Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tarkibidagi barcha qutqaruv qismlari boshliqlari, guruh komandirlari hamda Maxsus qutqaruv otryadlari komandirlari ishtirokida oʻtkazilishi rejalashtirilgan 5 kunlik oʻquv yigʻinining 1-kuni boshlandi.
Oʻquv yigʻini davomida ishtirokchilarning jangovar tayyorgarligini yanada mustahkamlash, xizmat faoliyatini tashkil etish, xizmat hujjatlarini yuritish tartibini takomillashtirish hamda amaliy koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan mashgʻulotlar olib borilmoqda.
✅ Mazkur oʻquv yigʻini qutqaruv boʻlinmalarining shayligini oshirish, favqulodda vaziyatlarga tezkor va samarali javob qaytarish salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.




