E’LON
2026-05-11 10:30:00 / Ogoh bo'ling

Joriy yilning 12–14-may kunlari Surxondaryo viloyatining Bandixon va Qumqo‘rg‘on tumanlarida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi. 🚨
Mazkur o‘quv mashqlari aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash, tegishli xizmatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
📣 Shu munosabat bilan barcha fuqarolar, blogerlar va ijtimoiy tarmoq administratorlaridan:
• o‘quv mashqlari jarayonida tasvirga olingan foto va video materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik,
• asossiz va tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslik,
• ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar asosida yoritish so‘raladi.
✅ Aholidan ushbu jarayonlarga xotirjamlik bilan yondashish hamda o‘tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etish iltimos qilinadi.
🛡 Xavfsizlik — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!
