‘‘Men G’olib’’ yugurish musobaqasi
2026-05-10 09:15:00 / Yangiliklar
“Men g‘olib” yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi

“Men g‘olib” yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi
Bugun, 10-may kuni Termiz shahrida harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida “Men g‘olib” yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sport musobaqasida Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etdi.
⏺ Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, shuningdek harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida birdamlik hamda hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.








