Yong’in bartaraf etildi
2026-05-09 09:45:00 / Yangiliklar

Qiziriq tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot
Bugun 9-may kuni soat 04:25 da 112 tizimi orqali Qiziriq tumani, “Rabotak” MFY, Qo‘shbozor ko‘chasida joylashgan bir biriga tutash bo‘lgan do‘konlarda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Yong‘in joyiga 6 ta qutqaruv bo‘linmalari soat 04:27 da yetib borib, yong‘in soat 05:05 da o‘rab olingan va soat 05:30 da to‘liq bartaraf etildi.
Yong‘in oqibatida do‘konlarning 70 kv.m maydonda tom, ichki qismi va mahsulotlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning say harakatlari natijasida do‘konlarning 350 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolindi.
Yong‘inda tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
