Xotira Muqaddas
2026-05-09 08:45:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda

Xotira va qadrlash kunida Termiz shahridagi Xotira maydoniga viloyat hokimligi, huquq-tartibot idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, harbiylar, mehnat faxriylari, taʼlim muassasalari oʻquvchi-yoshlari va keng jamoatchilik vakillari jam boʻlishdi.
Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan yurtdoshlarimiz xotirasi yod etilib, Motamsaro ona haykali poyiga gul qoʻyildi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etdi.









