Otaliqqa olingan yoshlar
2026-05-07 17:25:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Sh.Shukurov tomonidan Angor tumanida otaliqqa olingan yoshlar holidan xabar olindi
Uchrashuv davomida yoshlarning yashash sharoiti, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda kelajakdagi reja va maqsadlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, ular tomonidan bildirilgan muammo va takliflar tinglanib, mavjud masalalarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Muloqot jarayonida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, zamonaviy kasb va hunarlarni egallashga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Sh.Shukurov yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazib, ularning kelajakdagi faoliyati yuzasidan o‘z tavsiya va maslahatlarini bildirib o‘tdi.




