Xotira va qadrlash
2026-05-08 10:05:00 / Yangiliklar

🇺🇿 KEKSALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati hamda bir guruh mas’ul xodimlar tomonidan yoshi ulug‘ insonlar holidan xabar olindi.
Keksa avlod vakillarini qadrlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri sanaladi. Shu munosabat bilan 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” arafasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan polkovnik Yormatov Abdurashid boboning xonadoniga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida marhumning turmush o‘rtog‘i O‘g‘iloy ona holidan xabar olinib, samimiy suhbat qurildi hamda onaxonning duolari olindi. Keksalarga ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va mehr-muruvvat barchaga ko‘tarinki kayfiyat va ezgu tuyg‘ular ulashdi.






