“Zilzila haftaligi” doirasida Sirdaryo viloyati FVB boshlig‘ining o‘rinbosari A. Gazixodjayev rahbarligida Guliston shahridagi 2-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida targ‘ibot va amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
2026-10-23 18:50:00 / Yangiliklar

Dastlab, o‘quvchi-yoshlarga zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, xavfsiz joyni tanlash, o‘zini muhofaza qilish hamda binoni xavfsiz tark etish qoidalari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shundan so‘ng, mazkur qoidalar amaliy mashg‘ulotlar orqali namoyish etilib, o‘quvchilarga zilzila vaqtida to‘g‘ri va tezkor harakatlanish ko‘nikmalari o‘rgatildi.








