TILSHUNOSLIK VA MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI: MA’NAVIY KECHADAN LAVHALAR.
2026-10-21 18:50:00 / Yangiliklar

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida ma’naviy-ma’rifiy kecha tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida mehmonlar shoira Halima Xudoyberdiyeva nomidagi muzeyga tashrif buyurib, uning hayot yo‘li, sermazmun ijodi va o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’riy chiqishlar hamda ona tilimizning jozibasi va betakrorligini tarannum etuvchi badiiy dastur namoyish etildi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan ma’naviy kechada o‘zbek tilining boyligi, go‘zalligi, milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizni ifodalashdagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi.
Tadbir ishtirokchilarda, jumladan, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlarida ona tilimizga bo‘lgan hurmat, mehr va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.









