“Isitish mavsumini xavfsiz boshlaylik” oyligi doirasida Boyovut tumani hududidagi aholi xonadonlari, ta’lim muassasalari hamda ijtimoiy soha obyektlarida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
2026-10-21 14:50:00 / Yangiliklar

Tadbirlar davomida isitish tizimlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, dudburonlarning texnik holati hamda elektr simlarining sozligi o‘rganilmoqda. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga is gazidan ogohlantiruvchi signal qurilmalari o‘rnatilmoqda.
Bundan tashqari, mas’ul xodimlar va fuqarolarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, is gazidan zaharlanish hamda boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish va profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
🔰Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati







