Aholini zilzilaga tayyorlash xaftaligi doirasida Sirdaryo tumani FVB xodimlari tomonidan taʼlim muassasalarida profilaktika tadbirlari olib borilmoqda.
2026-10-20 18:50:00 / Yangiliklar

Tadbirlar davomida o‘quvchi-yoshlar va pedagog xodimlarga zilzila sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, vahimaga tushmaslik, xavfsiz joylarni aniqlash hamda evakuatsiya qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Shuningdek, zilzila vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va shaxsiy xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
🔰Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati








