Sirdaryo viloyati FVB boshligʻi X. Sadirov rahbarligida Guliston shahridagi "Guliston dehqon bozori" MCHJda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
2026-10-14 14:50:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati FVB boshligʻi X. Sadirov rahbarligida Guliston shahridagi "Guliston dehqon bozori" MCHJda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashqining asosiy maqsadi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tegishli xizmatlarning tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatini ta’minlash, kuch va vositalarning amaliy tayyorgarlik darajasini oshirish, shuningdek, aholi gavjum hududlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Mashq davomida shartli ravishda yuzaga keltirilgan favqulodda holat ssenariysi asosida bo‘linmalar, hamkor tashkilotlar va mas’ul xizmatlarning o‘zaro hamkorligi sinovdan o‘tkazildi. Ishtirokchilar tomonidan tezkor tayyorganlik, vaziyatni baholash, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda xavfni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
🔰Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati







