Volontyorlik - bu nafaqat ko‘mak berish, balki inson hayoti va xavfsizligi yo‘lida mas’uliyatni zimmasiga olishdir.
2026-10-05 14:55:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash, volontyor qutqaruvchilarning amaliy bilim va malakasini oshirish maqsadida «Volontyor qutqaruvchi» musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Viloyat FVB rahbarligida tashkil etilgan musobaqada viloyatning 11 ta shahar va tumanidan jami 77 nafar volontyor qutqaruvchi ishtirok etib, o‘zlarining bilim, mahorat, jismoniy tayyorgarlik hamda tezkor harakatlanish ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Shiddatli va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladi:
1-o‘rin — Guliston shahri
2-o‘rin — Yangiyer shahri
3-o‘rin — Xovos tumani
Musobaqada faol ishtirok etgan hamda yuqori natijalarni qayd etgan volontyorlar munosib taqdirlandi.









