Ustoz va faxriylar — soha fidoyilarining ibrat maktabi.
2026-10-01 10:25:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan sohada uzoq yillar davomida samarali xizmat qilib, yurtimiz tinchligi va aholi xavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan faxriylarning holidan xabar olindi.
Uchrashuvlar davomida faxriylarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning hol-ahvoli, kundalik hayoti bilan yaqindan tanishildi. Ustozlarning ko‘p yillik xizmat faoliyati, boy tajribasi va yosh avlodga qoldirayotgan ibratli o‘gitlari yuksak e’tirof etildi.
Faxriylar bilan samimiy suhbatlar davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, bugungi kun qutqaruvchilari oldida turgan vazifalar haqida fikr almashildi.



