Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i X.Sadirov hamda Oqoltin tumani 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchi yoshlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
2026-09-17 17:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida boshqarma boshlig‘i o‘quvchi yoshlarga kelajakda kasb tanlash, o‘z qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri yo‘lni belgilash hamda hayotda munosib o‘rin egallash borasida zarur tavsiya va maslahatlar berdi.
Shuningdek, muloqot jarayonida o‘quvchi yoshlarning qiziqishlari, kelajakdagi rejalari va ularni o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga tegishli javob va tushuntirishlar oldilar.
🔰Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati





