Sirdaryo viloyati FVBda "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" tadbirlari o'tkazildi.
2026-07-09 14:50:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati FVB shaxsiy tarkibi ishtirokida "Yo'l transport hodisalari: ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish chora-tadbirlari" mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida yo'l harakati xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etish, yo'l-transport hodisalarining asosiy sabablari hamda ularning oldini olish bo'yicha zarur tavsiya va tushunchalar berildi.
Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida hamda hududiy bo'linmalarda sodir etilgan ayrim huquqbuzarlik holatlari tahlil qilinib, ularning kelib chiqish sabablari muhokama etildi.
Shaxsiy tarkibga xizmat intizomiga qat'iy rioya qilish, qonun ustuvorligini ta'minlash hamda har qanday huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🔰Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati




