Sirdaryo viloyati FVB boshligi X.Sadirov tomonidan Yangiyer shahrida otaliqga olingan yoshlar hamda "Jasorat maktabi" o‘quvchilari ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" tashkil etildi.
2026-07-02 16:50:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarga turli mazmundagi kitoblar sovg‘a qilinib, ularning bilim olishi, ma'naviy kamoloti hamda kelajakda munosib kasb egallashi yuzasidan tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalanishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi va kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk shaxs bo‘lib voyaga yetishlari yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar bildirildi.
Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati




