Sirdaryo temir yo‘l stansiyasida idoraviy professional qutqaruv tuzilmalarining shayligi sinovdan o‘tkazildi.
2026-07-02 15:50:00 / Yangiliklar

Mashg‘ulot davomida shartli favqulodda vaziyat ssenariysi asosida qutqaruv bo‘linmalarining tezkor harakatlanishi, hodisa joyiga yetib borishi, qutqaruv ishlarini tashkil etishi hamda mutasaddi xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati amaliy jihatdan sinab ko‘rildi.
Shuningdek, shaxsiy tarkibning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishi, zamonaviy qutqaruv texnika va jihozlaridan samarali foydalanishi hamda belgilangan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etishi alohida e’tiborda bo‘ldi.
O‘quv mashg‘uloti yakunida ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qutqaruv tuzilmalarining jangovar shayligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati









