Sirdaryoda "Yoshlar festivali" ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
2026-06-30 19:50:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, kuch tuzilmalari hamda Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamkorligida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan "Yoshlar festivali" tashkil etildi.
Festival doirasida yoshlarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Favqulodda vaziyatlar tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida zamonaviy qutqaruv texnikalari va maxsus jihozlar ko‘rgazmali namoyish etildi.
Festival davomida yoshlar bilan muloqot tashkil qilinib, unda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, tizimda yaratilayotgan imkoniyatlar, kasbiy rivojlanish va kelgusidagi istiqbollar yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur festival yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni Vatanga sadoqat, fidoyilik va mas'uliyat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.








