USLUBIY QO‘LLANMA TAQDIMOTI O‘TKAZILDI
2026-10-17 14:40:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi tomonidan FVV Akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan “Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yong‘in-qutqaruvchilarini yong‘in-qutqaruv otryadlari va qismlarida yakka tartibdagi boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma”ning taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot davomida mazkur uslubiy qo‘llanmaning mazmun-mohiyati, yong‘in-qutqaruvchilarni yakka tartibdagi boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tkazishdagi ahamiyati hamda amaliy faoliyatda foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri birinchi o‘rinbosari, polkovnik S. T. Zuparov ishtirok etdi.
Tadbir yakunida FVV Akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “Qutqaruv qismlari xizmat faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘llanma” Sanmarqand viloyatidagi barcha qism va otryad boshliqlariga amaliy faoliyatda foydalanish uchun topshirildi.
Mazkur qo‘llanma qutqaruv qismlarida xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, xodimlarning xizmat vazifalarini to‘g‘ri va sifatli bajarishini ta’minlash hamda amaliy ish jarayonlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan uslubiy qo‘llanmalar yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, ularning yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari faoliyatida samarali foydalanish uchun muhim amaliy ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.









