Jangovar shaylik va xizmat samaradorligi — asosiy e’tiborda
2026-10-15 12:00:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari hamda FVV mas’ul xodimi ishtirokida Narpay tumani FV bo'limi 15-kasbiylashtirilgan qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi bilan joriy yilning 9 oylik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda shaxsiy tarkibning jangovar shayligini oshirish, yong‘inlarni tezkorlik bilan bartaraf etish, suv manbalarining sozligi va ulardan foydalanishga tayyorligini nazorat qilish, shuningdek, qutqaruv texnikalari hamda maxsus vositalarni doimo soz holatda saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, favqulodda vaziyatlarga tezkor va samarali javob qaytarish hamda shaxsiy tarkibning kasbiy tayyorgarligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.







