Gender tenglik: mavjud holat va ustuvor vazifalar
2026-10-14 16:50:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglikni ta’minlash hamda oilani qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari M. Djaniyev, Faxriylar kengashi raisi I. Amonullayev, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari M. Ergashev, viloyat Kengashi Tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri O. Kazimov hamda Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining bosh mutaxassisi, falsafa fanlari doktori O.Abduraimova, shuningdek, boshqarma tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida boshqarma tizimida genderga oid auditni tashkil etish, xodimlar uchun teng imkoniyatlar yaratish hamda mehnat faoliyatida gender tenglik tamoyillariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, gender auditini o‘tkazish tartibi, uning asosiy yo‘nalishlari hamda natijalari bo‘yicha tegishli hisobotlarni shakllantirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirda gender tenglik tamoyillarini amaliyotga keng joriy etish, tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda xizmat faoliyatida teng imkoniyatlarni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.









