Bozorlarda yong‘in xavfsizligi: talab va mas’uliyat kuchaytiriladi
2026-10-08 18:25:00 / Yangiliklar

Bozorlarda yong‘in xavfsizligi: talab va mas’uliyat kuchaytiriladi
Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida bozorlar va savdo komplekslarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Samarqand viloyati prokurori M. Eshnazarov onlayn tarzda, viloyat hokimining o‘rinbosari N. Rahmonov, viloyat FVB boshlig‘i G‘.Muxamedov, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, soha boshqarma va tashkilotlari mas’ullari hamda bozor va savdo komplekslari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida bozorlar va savdo komplekslarida yong‘in xavfsizligi, elektr va gaz ta’minoti, sanitariya, qurilish hamda boshqa xavfsizlik talablariga rioya etilishi bilan bog‘liq masalalar tanqidiy muhokama qilindi. Muhokamalar davomida joylardagi real holat aks etgan maxsus tanqidiy video namoyish etilib, unda ko‘rsatilgan muammo va kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.
Hududlardan shahar va tuman hokimliklari, prokuratura, ichki ishlar organlari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari videokonferensiya orqali yig‘ilishda qatnashdi.
Muhokamalar davomida mavjud holat, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mas’ullarga xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va nazoratni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar va ularning natijalari kelgusida ham nazorat qilinib, doimiy muhokama qilib borilishi belgilandi.






