Yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
2026-10-06 09:45:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan tizimga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash holati hamda “Jasorat maktablari” faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida tizimga biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning mavjud muammolarini aniqlash va hal etish, sog‘lomlashtirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Jasorat maktablari”da yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi hamda moddiy-texnik baza holatiga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish va “Jasorat maktablari” faoliyatini takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bartaraf etish imkoniyati mavjud bo‘lgan kamchiliklar o‘rganish jarayonining o‘zida joyida hal etildi.
O‘rganish yakunlari Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik G‘. Muxamedov hamda FVV ishchi guruhi a’zolari ishtirokida muhokama qilindi. Muhokama davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ularning kelgusida takrorlanishining oldini olish, tizimga biriktirilgan yoshlar bilan ishlashni yanada kuchaytirish hamda “Jasorat maktablari” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.









