Sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit — xizmat samaradorligining muhim omili
2026-09-24 12:05:00 / Yangiliklar

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Samarqand viloyati FVBda “Harbiy jamoa va oiladagi salbiy ma’naviy-ruhiy muhitning ruhiy zo‘riqishga ta’siri” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Unda boshqarma rahbariyati va mutaxassislari tomonidan shaxsiy tarkibga harbiy jamoa va oilada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish, ruhiy zo‘riqishning oldini olish, xizmat intizomiga rioya etish hamda turli nizoli holatlarning barvaqt oldini olish yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, xizmat faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ruhiy zo‘riqishlarni to‘g‘ri boshqarish, muammoli vaziyatlarda vazminlik bilan harakat qilish, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.









