Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni: profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
2026-09-16 14:30:00 / Yangiliklar

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Samarqand viloyati FVB mas’ul xodimlari tomonidan Oqdaryo va Pastdarg‘om tumanlari FVB hamda FVV huzuridagi Malaka oshirish markazida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirda xizmat intizomini yanada mustahkamlash, huquqbuzarliklar, xususan, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xodimlarga xizmat faoliyatida halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi bo‘yicha tegishli tavsiya va ogohlantirishlar berildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar o‘rtasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, xizmat davomida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, shuningdek, turli jinoyat va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.


