Oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida seminar-yig‘ilish o‘tkazildi
2026-09-14 18:30:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joylari komendantlari, xo‘jalik bo‘limi mas’ullari hamda tyutorlari ishtirokida kuz-qish mavsumida talabalar turar joylarida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi hamda yong‘inlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilish o‘tkazildi.
Seminar davomida kuz-qish mavsumida xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish, gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, talabalar turar joylarida yong‘in xavfsizligi talablarini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish masalalari muhokama qilindi.
Samarqand viloyati FVB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Umid Axrorov tomonidan talabalar turar joylarida xavfsizlikni ta’minlash, yong‘in, is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq holatlarning oldini olish, shuningdek, talabalar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Shuningdek, mas’ullarga talabalar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish, talabalar turar joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini muntazam nazorat qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, mas’ullarga talabalar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish, talabalar turar joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini muntazam nazorat qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.






