Talabalar yotoqxonasida o‘rganish ishlari olib borildi
2026-09-12 14:55:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik G‘. Muxamedov tomonidan Samarqand shahridagi Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar yotoqxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tashrif davomida yotoqxonada talabalar xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda tezkor harakat qilishga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, binoning yong‘in xavfsizligi holati, evakuatsiya yo‘laklari va chiqish eshiklarining talablarga muvofiqligi, yong‘in o‘chirish vositalarining mavjudligi hamda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish holati o‘rganildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, talabalar yotoqxonasida yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish va xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.





