Talabalar yotoqxonasida tungi vaqtda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-09-10 10:35:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati FVB tomonidan Samarqand davlat pedagogika instituti talabalar yotoqxonasida tungi vaqtda maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mashq davomida shartli yong‘in sodir bo‘lganda talabalarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, yong‘inni o‘chirish, qutqaruv ishlarini olib borish hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
Shuningdek, tungi vaqtda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda xizmatlarning o‘zaro hamkorligi, tezkor harakatlanishi va talabalarning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
O‘quv mashqi yakunida talabalar yotoqxonasining yong‘in xavfsizligi holati ham ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.









