Samarqandda Davlat nazorati inspektorlari attestatsiyadan o‘tkazildi
2026-09-09 14:35:00 / Yangiliklar

Samarqandda Davlat nazorati inspektorlari attestatsiyadan o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktyabrdagi 611-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq, Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar organi Davlat nazorati inspektorlari attestatsiyadan o‘tkazildi.
Attestatsiya jarayonida inspektorlarning favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi sohasidagi amaldagi qonunchilik, normativ-huquqiy hujjatlar hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tartiblariga oid bilim va kasbiy malakalari sinovdan o‘tkazildi.
Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan xodimlarga tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirish huquqi berildi.



