Shartli yong‘in: qutqaruv harakatlari amalda
2026-09-09 10:00:00 / Yangiliklar

Shartli yong‘in: qutqaruv harakatlari amalda
Oqdaryo tumanidagi paxta qabul qilish va qayta ishlash korxonasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xodimlar xavfsizligini ta’minlash hamda yong‘in sodir bo‘lganda tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mashq davomida shartli yong‘in yuzaga kelgan vaziyatda xodimlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, yong‘inni bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda qutqaruv va hamkor xizmatlarning o‘zaro hamjihatlikdagi harakatlari amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, korxona xodimlariga yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.









