Nurobod tumanida ta’lim va tibbiyot muassasalarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
2026-09-07 18:30:00 / Yangiliklar

“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida Nurobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan ta’lim va tibbiyot muassasalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida muassasalardagi yong‘in xavfsizligi holati o‘rganilib, elektr jihozlari va tarmoqlaridan foydalanish, yong‘inga qarshi vositalarning sozligi, evakuatsiya yo‘laklarining ochiqligi hamda favqulodda vaziyatlarda xodimlarning harakatlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasa rahbarlari va xodimlariga yong‘inlarning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ham yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, elektr va isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.







