Suv havzalarida xavfsizlik bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-09-05 13:10:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati FVB volontyorlari uchun FVV Akademiyasi Malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda suv havzalarida baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan nazariy va amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida volontyorlarga suv havzalarida xavfsizlik qoidalari, cho‘kish holatlarining oldini olish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish hamda jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar olgan nazariy bilimlarini amaliy mashqlar orqali mustahkamlab, suvda inson hayotini asrab qolish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni amalda sinovdan o‘tkazdilar.









