Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-09-03 16:25:00 / Yangiliklar

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Samarqand viloyati FVB boshlig‘ining birinchi o‘ribosari, polkovnik Sh.Fayzullayev Samarqand shahrida tizimga biriktirilgan yoshlar bilan yakka tartibda uchrashdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan suhbat olib borildi. Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
Samimiy muloqot davomida bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilandi hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.



