Birinchi qo‘ng‘iroq — yangi bilimlar sari qadam
2026-09-02 09:00:00 / Yangiliklar

Yurtimiz umumta’lim maktablarida bugun “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Jomboy tumani 31-maktabida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Samarqand viloyati FVB boshlig‘i G‘ulomjon Muxamedov ishtirok etib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan tabrikladi.
Tadbir davomida maktab ostonasiga ilk bor qadam qoʻygan 1-sinf oʻquvchilariga “Prezident sovgʻalari” topshirildi.
Shuningdek, Boshqarma boshlig‘i tomonidan “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Kelajak soati” darsi o‘tilib, vazirlik faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi.









