📚 “Ma’naviyat qalqoni” – kitobxonlik orqali yuksalish sari!
2026-08-01 15:40:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati FVB tomonidan “Ma’naviyat qalqoni” kitobxonlik ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
Tanlovda saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan harbiy xizmatchilar ishtirok etib, badiiy adabiyotlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda ma’naviy-ma’rifiy mavzulardagi bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in va murosasiz bahslar davomida ishtirokchilar o‘zlarining kitobxonlik madaniyati, keng dunyoqarashi va intellektual salohiyatini namoyon etdilar.
🏆 Yakunda g‘olib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.








