YOSHLAR GULXAN ATROFIDA BIRLASHDI
2026-07-30 17:00:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan tinglovchi yoshlar ishtirokida madaniy kecha tashkil etildi.
Gulxan atrofida jam bo‘lgan yoshlar samimiy suhbatlar, kuy-qo‘shiqlar va qiziqarli tadbirlar orqali maroqli vaqt o‘tkazdilar. Tadbir davomida do‘stlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yangi do‘stlar orttirish, ma’naviy-ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamoaviy birdamlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.







