Maxsus texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi
2026-07-30 08:40:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyatida Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi uchun mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jasorat va matonat” sport musobaqalari doirasida Samarqand viloyati FVB hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi tomonidan maxsus ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmada Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv texnikalari, qutqaruv asbob-uskunalari, maxsus himoya vositalari, shuningdek, Milliy gvardiyaning qurol-aslahalari, maxsus texnikalari va zamonaviy jihozlari namoyish etildi.
Tadbir ishtirokchilari texnika va jihozlarning imkoniyatlari, qo‘llanilish tartibi hamda xizmat faoliyatidagi ahamiyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Mazkur ko‘rgazma yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy gvardiya faoliyatiga qiziqishni oshirishga xizmat qildi.





